• telegram icon
  • telegram icon
  • telegram icon
list

Bilasizmi?

Bilasizmi?

Avvalroq, bolalar rivojining  kompetensiyalari sohalarini e'lon qilgan edik, bugungi ruknimizda esa "Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari" sohasida ta’lim va tarbiya jarayoni yakunida 6-7 yoshli bolada qanday  kompetensiyalar shakllanishi lozimligi haqida ma'lumot beramiz.

Bular quyidagilar:

- ona tilini eshitadi va tushunadi;

- ona tilida to‘g‘ri talaffuz, mos grammatik shakllar va turli gap tuzilmalaridan foydalanadi;

- chet tilini o‘rganishga qiziqish bildiradi;

- chet tili bo‘yicha dastlabki bilimlarini namoyish etadi;

- badiiy adabiyotga qiziqish bildiradi;

- so‘zning lug‘aviy ma’nosi, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga tushunchaga ega bo‘ladi;

- gapning turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzadi va so‘zlab bera oladi;

- ona tilida yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.

Eslatib o'tamiz: 

Bugun sizga bolaning "Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari" sohasi kompetensiyalari haqida ma'lum qildik. 

Keyingi ruknimizda esa bolaning "Bilish jarayonining rivojlanishi"  sohasi kompetensiyalari haqida ma'lumot beramiz. Kuting...

Ijtimoiy tarmoqlarda ulashish:
Chop etish